AQShda yuz bergan ommaviy namoyishlar COVID-19 infeksiyasining keng tarqalib ketishiga olib kelmadi
Bu haqda Wall Street Journal nashri o‘tkazilgan dastlabki tekshiruvlarga tayanib xabar berdi.
Jorj Floyd o‘limi sababli vujudga kelgan tartibsizliklar markaziga aylangan Minnesotada 3,2 mingdan ortiq namoyishchilar koronavirus test tahlilidan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, bor yo‘g‘i 1,8 foiz tekshiruvdan o‘tkazilganlarda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bundan tashqari, 8,5 ming nafar namoyish ishtirokchilari alohida test tahlili topshirishdi. Bu guruhda ham atigi 0,99 foiz kasallanish holati aniqlandi.
Bo‘lib o‘tgan namoyishlar sababli fuqarolarni koronavirus infeksiyasi test tahlilidan o‘tkazish amaliyoti keng qo‘llanilayotgan Nyu-Yorkda so‘nggi 7 kundan beri aniqlangan kasallanish darajasi 3 foizdan ko‘tarilmayapti. Kasalxonaga yotqizilish statistikasi bo‘yicha ham pasayish kuzatilmoqda.
Sietl va Chikago shifokorlari ham namoyishlardan so‘ng koronavirus bilan kasallanish holati oshmaganini va vaziyatni kuzatishda davom etayotganlarini ma’lum qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Minneapolis shtatida afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan hibsga olinayotgan vaqtda vafot etganligi sababli dastlab AQShning yirik shaharlarida, keyin bir qator boshqa davlatlarda ham irqchilik va millatchilikka qarshi norozilik namoyishlari avj oldi.