AQShning davlat qarzdorligi rekord ko‘rsatkichga yetdi

Bu qarzdorlik 26 trillion AQSh dollari qiymatini tashkil etib, yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda CBS News telekanali mamlakat moliya vazirligi bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.

Vazirlik qarzdorlikning bu darajada o‘sishini, hukumat koronavirus pandemiyasiga qarshi olib borgan kurash bilan bog‘lamoqda.

AQSh Moliya vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Donald Tramp prezidentlik qilgan davrda mamlakatning tashqi qarzdorligi umumiy hisobda olti trillion dollarga oshgan.

Bir necha kun ilgari AQSh Moliya vazirligi rahbari Genri Polson, davlat qarzdorligining tartibsiz ravishda oshishi va byudjet tanqisligi omillari, dollarning dunyo zaxira valyutasi maqomidan mahrum etilishiga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirgandi.