AQShning Vashington shtatida 2 mingdan ortiq odam alohidalashga qarshi namoyishga chiqdi

2 mingdan 2,5 mingacha bo‘lgan odam koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli uyda qolish (alohidalanish) choralarini bekor qilishni talab qilib, AQShning Vashington shtati markazidagi Kapitoliya maydoniga norozilik namoyishiga chiqdi, deb xabar berdi Seattle Times nashri.

Nashr xabariga ko‘ra, cheklovlar 4 maygacha amal qiladi va ehtimol uzaytirilishi ham mumkin. Shtatda 12 minga yaqin kasallanganlar aniqlangan.

Norozilik namoyishini respublikachilar partiyasi tashkillashtirgan. Partiya a’zosi Robert Sazerlend agar hukumat baliq ovini taqiqlashga o‘rinsa, odamlarni “isyon ko‘tarishga” chaqirgan.

Gazetaning yozishicha, norozilik namoyishiga shtat gubernatori Jey Inzli chiqargan buyruq sabab bo‘lgan. Xususan, namoyishchilar 50 kishidan ortiq odam to‘planishini taqiqlovchi bandni buzgan. Shu bilan birga, ijtimoiy masofani saqlash va niqob taqish qoidalari ham buzilgan. Gubernator o‘tkazilgan namoyishga qarshi o‘z fikrini bildirdi.

“Men so‘z erkinligi tarafdoriman. Ammo olomonning so‘zlari va hisob-kitoblari bizning yo‘nalishimizni aniqlamaydi. Masala siyosatda emas. Masala faqatgina Vashington aholisi sog‘lig‘ini saqlash uchun eng ma’qullarini qilishda”, ta’kidladi Inzli.

Vashington politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, namoyish tinch o‘tgan va hech kim hibsga olinmagan.