Ayni paytda viloyat hokimligida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda

Sessiya kun tartibida deputatlar tomonidan quyidagi masalalar muhokama etilishi belgilangan:

- viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Abilovning viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari sun’iy o‘sishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralari to‘g‘risida;

- “Samarqand suv ta’minoti" MChJ direktori K.Yusupovning “2021-2023 yillarga mo‘ljallangan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturi”ga viloyat bo‘yicha kiritilayotgan loyihalar hamda ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflari yuzasidan taqdimoti;

- viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonovning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yuzasidan taqdimoti;

- xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashida bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazish to‘g‘risida.