Ayni paytda viloyat hokimligida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish beshinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
Viloyat saylov komissiyasi raisi S.Nuriyevning xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘ringa 2022 yil 29 may kuni o‘tkazilgan saylov natijasi to‘g‘risidagi axboroti haqida.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2021 yil 31 avgustdagi VI-41-41-7-0-K/21-sonli “Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarini qayta tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida.
Samarqand viloyatidagi ayrim aholi punktlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida.
Viloyat hokimining 2022 yil 30 maydagi “Xamrayev Inatilla Xushiyevichni Samarqand viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etish to‘g‘risida”gi 238-7-0-Q/22-sonli qarorini tasdiqlash haqida.
Ashurov Akobir Samijonovichni Samarqand viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risida.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 18 martdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi VI-59-63-7-0-K/22-sonli qarori bilan ajratilgan mablag‘nining tejab qolingan qismini yo‘naltirish to‘g‘risida.
Samarqand viloyatida 2022 yilda sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
Viloyat “Saxovat va ko‘mak”jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 apreldagi “2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-son qarori ijrosi yuzasidan harakatlar rejasini muhokama qilish to‘g‘risida.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni bajarilishi yuzasidan hisoboti.
Turizm xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy axborot kommunikatsiyalari masalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Qobilovning hisoboti haqida.
Viloyat hokimligi ijro-nazorati guruhi rahbari Z.Rahimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni ijrosi yuzasidan axboroti haqida.