Ayollar yaratgan ixtirolar
Kundalik hayotimizda foydalanib keladigan ixtirolarning kelib chiqishida ismlari ko‘pincha soyada qolib ketgan ko‘plab ayollar bo‘lgan. Ushbu maqolada biz bu tushunmovchilikni to‘g‘rilab, og‘irimizni yengil, hayotimizni zavqliroq qilgan ayollar haqida gapirishga qaror qildik.
Akvarium, Janna Vilpre-Pauer
Agar uyingizda siz tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan rang-barang baliqli akvariumingiz bo‘lsa, fransuz tabiatshunosi Janne Vilpre-Pauerga o‘z minnatdorchiligingizni bildirishingiz mumkin. 1832 yilda dyengiz biologi biz uyda ham dengiz hayvonlarini kuzatishimiz uchun akvariumni ixtiro qildi.
Qor tozalaydigan mashina, Sintiya Mey Vestover
Sintiya Mey Vestover 1890 yildan boshlab ikki yil davomida Nyu-York ko‘chalarini tozalash komissarining kotibi bo‘lib ishladi. Shu davrda u og‘ir aravalarni sudrab yurishga majbur bo‘lgan ko‘cha supuruvchilar va ularning otlari hayotini osonlashtirish uchun ko‘cha supuruvchi aravachani ixtiro qildi. O‘zi yuk tushiradigan funksiyali bu aravacha shunchalik kichkina ediki, tozalovchilarning o‘zi uni boshqara olardi. Shu sababli ot aravalarini chetlab o‘tib, aravacha ichidagi bor narsalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqindi qutilariga bo‘shatish mumkin edi.
Shokoladli pechene, Rut Greyvs Ueykfild
Oshpaz, o‘qituvchi, ovqatlanish mutaxassisi va mehmonxona egasi Rut Greyvs Ueykfild 1930 yilda shokolad plitkasini maydalab, xamirga qo‘shib, pechenening yangi turini yaratdi. O‘sha paytgacha myehmonxona o‘zining yashovchilariga mashhur irisli pechenyesini taqdim etardi va Rut shirinlikning ikkinchi versiyasini yaratib, yangilik qildi.
Barbi qo‘g‘irchog‘i, Rut Xendler
Qizi Barbaraning qog‘oz qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynashidan ilhomlangan Rut Xendler bozorda kattalarga o‘xshash qo‘g‘irchoqlar yetishmasligi haqida o‘ylanib qoldi. Yevropaga safari chog‘ida u Germaniyadagi Barbi prototipiga aylangan «Bild Lilli» qo‘g‘irchog‘ini ko‘rib qoldi. Uyga qaytgach, Rut Lillining dizaynini o‘zgartirdi va unga qizining ismini berdi.
Ilmiy fantastika, Meri Shelli
Yozuvchi Meri Shelli o‘zining birinchi ilmiy fantastik romanini 1818 yilda yozgan. Ayollarni robot ajdaholar va shunga o‘xshash maxluqlardan qutqarish lozim bo‘lgan kosmosda sodir bo‘ladiganbarcha sarguzashtlar ham uning qalamiga mansub. Shellining “Frankenshteyn yoxud Zamonaviy Prometey” romani ikki yuz yil davomida mashhur bo‘lib kelayotgan yangi janrni boshlab berdi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.