Bayden: Demokratiya g‘alaba qozondi
- 15.12.2020 18:59
- 97
- Xorij
Demokrat Jo Bayden saylovda unga g‘alaba keltirgan saylovchilar ovozi natijalarini sharhladi. Siyosatchi "Demokratiya g‘alaba qozondi", deya ta’kidladi va raqibi Donald Trampni mag‘lubiyatini tan olishga chaqirdi.
Ma’lumki, Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 270 saylovchi ovozidan ortiq ovoz to‘pladi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, u 306 ovozga, Donald Tramp esa 232 ovozga ega bo‘ldi. Ovozlarni Kongress tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Natijalar 6 yanvar kuni e’lon qilinishi kerak.
«Kimda-kim buni avval bilmagan bo‘lsa, biz doim bilamiz - Amerika xalqining yuragi tubida demokratiya mujassam. Eshitilgan bo‘lish huquqi: har bir ovoz hisobga olinishi uchun, millat rahbarini saylash va boshqarishingiz uchun», dedi Bayden Uilmington shtatida so‘zlagan nutqida.
AQShda saylovlar 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalar e’lon qilingach, Donald Tramp saylov natijalariga qarshi chiqish niyatida ekanligini bildirdi.