Ba’zi odamlarning umuman tush ko‘rmasligi rostmi?
Ilmiy nuqtai nazardan, bu holat inson nima sababdan tush ko‘rishi yoki nega umuman tush ko‘rmasligini aniqlab olish uchun ham tadqiqot qilishga arziydi.
Aftidan, tushlar va hatto bashoratli tushlar tabiatini o‘rganishdan ko‘ra, nega ba’zi odamlar umuman tush ko‘rmaydi, degan savolga aniq javob olish osonroq bo‘lsa kerak.
Fransiyalik olimlar tungi ko‘rish tabiatini o‘rganishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Dastlab ular hamma tush ko‘radi, lekin hamma ham eslab qolmaydi, deb taxmin qilishdi.
2014 yilda e’lon qilingan xulosalarda tadqiqotchilar miya faolligi yuqori bo‘lgan odamlarni ko‘p tush ko‘ruvchilar toifasiga tasnifladilar.
Xususan, faollik bosh miya qobig‘ining chakka-tepa qismi birikmasi va harakat rejasini tuzish va o‘ylash, qaror qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan old qismida kuzatildi.
Umuman tush ko‘rmaydigan odamlarga keladigan bo‘lsak, bu cho‘pchak emas, balki juda kam uchraydigan hodisa. Mutaxassislar ushbu “xizmat”ning o‘chirib qo‘yilishini ilgarigi boshdan kechirilgan kasallik yoki miya shikastlanishi bilan bog‘lashadi.
Bunday misollardan biri 1984 yilda topilgan. Boshiga snaryad parchasi tekkani oqibatida jarohat olgan bemor uyqu fazasisiz qoldi, bunday holat REM-uyqu deb ataladi. O‘rganishlar boshqa jihatdan oddiy turmush tarzini olib boradigan mutlaqo sog‘lom REM-uyqusidagi odam juda oson uyg‘onishi va kam uxlasa-da, to‘liq dam olishini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar turli sabablarga ko‘ra antidepressantlarni jiddiy dozalarda qabul qilishga majbur bo‘lgan odamlarda tush ko‘rish qobiliyati yo‘qoladi, degan xulosaga kelishdi.
Bunday dori-darmonlar REM-uyqu fazasini qisqartiradi, bu esa tush ko‘rish, aniqrog‘i, ko‘rmaslik qobiliyatiga ta’sir qiladi yoki bemor ko‘rgan tushlarini tezda unutib yuboradi.