Belarusda hech kim belarus tilida gapirmaydi

Safar haqida oxirgi so‘z. Bugun ertalab taksiga o‘tirib aeroportga yo‘l oldim. Hali javob topolmagan eng muhim savolimni taksichi yigitga berdim.

-Siz rusmisiz, belarusmisiz?

-Po natsionalnosti belarus - dedi.

-Uyda, oilangizda qaysi tilda gaplashasiz? - dedim.

-Rus tilida.

-Belarus tilini bilasizmi?

-Yo‘q, bilmayman.

-Davlat tili faqat belarus tilimi yoki rus tili hammi? - dedim.

-Rus tili ham davlat tili, - dedi u. - Agar biror davlatda ikkita til davlat tili bo‘lsa, shulardan biri rus tili bo‘lsa, u mahalliy, biroq davlat tili bo‘lgan tilni ezib tashlaydi. Masalan, bizdagidek. Belarusda hech kim belarus tilida gapirmaydi. Ehtimol, men aylanadigan davradan tashqarida bordir, lekin mening atrofimda belarus tilida so‘zlaydiganlar yo‘q, - dedi.

- Hozir bizda ham shu masala ko‘tarilgan, rus tiliga rasmiy tus berishni so‘rab petitsiya yozganlar bor, - dedim.

-Aqlli odam o‘zi tajriba orttiradi, o‘ta aqlli odam birovning xatosidan xulosa chiqaradi. Bizga qarab xulosa chiqaringlar, - dedi taksichi.

Aeroportga yetib kelganimizda u chemodanimni ichkarigacha kiritib berib, xayrlashib ketdi.

Shunday qilib, Toshkentga qaytib keldim.

 

Gulnora Rahmonova,

Facebook ijtimoiy tarmog‘idan olindi.