Bir fuqaroni 28 ming dollar evaziga AQShga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
- 21.08.2025 15:11
- 74
- Jinoyat va jazo

Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.
Tadbir davomida fuqaro B.B. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, uni 28 000 AQSh dollari evaziga Meksika davlati orqali AQShga yuborishini va’da qilib, shundan 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.