Bir mashhur surat tarixi
Aslida bu afsonaviy surat 1951 yil 14 martda Albert Eynshteynning tug‘ilgan kunida olingan suratning bir parchasi bo‘lib, uni ko‘pchilik hazillashib "pi sanasi" deb atagan.
Ta’kidlash mumkinki, p - aylana uzunligining uning diametri uzunligiga nisbatini bildiruvchi dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan doimiy va dunyodagi mutlaqo barcha doiralar uchun ishlatiladi. Bu nisbat bir xil va taxminan 3,14 ni tashkil qiladi.
Asl tasvirda esa mashhur fizik Albert Eynshteyn tadbirdan qaytayotib, avtomobilning orqa o‘rindig‘ida doktor Frank Eydelot va uning rafiqasi o‘rtasida o‘tirgan bo‘lgan.
“United Press International” fotografi Artur Sasse olimdan ta’bir joiz bo‘lsa, “yuzini soddaroq qilib” tabassum qilishni so‘radi. Shu kuni kun bo‘yi boshqa fotograflar uchun tabassum qilishdan boshqa hech narsa qilmagan, juda charchagan Eynshteyn birdan tilini chiqardi va namoyishkorona yuzini o‘girdi. Fotosuratchi esa vaqtni boy bermasdan, kerakli kadrni “ushlab” oldi.
Birmuncha vaqt o‘tgach, Eynshteyn ushbu fotosuratlarning bir nechtasini o‘zi uchun buyurtma qildi va ularni do‘stlariga otkritka sifatida yubordi.
Ushbu fotosuratning insoniyat uchun qanchalik qimmatli ekanligi haqida quyidagi fakt gapiradi: 2009 yilda surat kimoshdi savdosida 74 ming dollarga sotilgan.