Bolalar nega va nimadan zaharlanyapti?

AQSh vakillar palatasining yaqindagi xabari amerikaliklarni larzaga soldi: mamlakatdagi mashhur bolalar oziqasi margumush, kadniy va qo‘rg‘oshinga to‘laligi ma’lum bo‘ldi, deyiladi “Mir Novostey” (2021 y., 9-son) gazetasida.
Parlamentchilar dokladida to‘rtta yetakchi brendlar Gendir, NurtureLine, Hain Celestial Group Inc, Beech- Nutrition markalari ko‘rsatiladi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, ushbu oziqalarda margimush, kadniy, qo‘rg‘oshin miqdori bolalar salomatligiga xatarli darajada ko‘p ekan. Ma’lumotlar oshkor etilganidan keyin kompaniyalar o‘zlarini oqlashga kirishdilar. Ularning aytishicha, AQSh qonunlarida bolalar oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida og‘ir metallarni hech qanday miqdor va standartlari ko‘rsatilmagan ekan.
Neyrozaharli qo‘rg‘oshin bilan ifloslanish Amerika sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy muammoga aylangan. Margimush, kadniy va qo‘rg‘oshin meva-sabzavot, ulardan ishlab chiqarilayotgan sharbat va qiyomlarda ham aniqlanmoqda.
Bugun AQSh ijtimoiy tarmoqlari bolalarning zaharlanishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga qarshi onalarning noroziliklari bilan to‘lib-toshgan. Ular jamoatchilikni zaharli oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini to‘xtatish uchun bosh ko‘tarishga chaqirmoqda.
T.Shomurodov tayyorladi.