Bolasini 17 ming dollarga pullayotgan ayol qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tekshiruv o‘tkazildi.

Unda 1995 yilda tug‘ilgan gulistonlik A.O‘. «maxsus xaridor» sifatida ishtirok etgan tezkor xodim M.X.ga 2019 yil tug‘ilgan farzandini 17.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, bu haqda tilxat yozib bergan vaqtida dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.