“Bu hali holva”: Ukraina sobiq prezidenti Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atildi
- 23.05.2019 15:07
- 236
- Siyosat

Ukrainada sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga nisbatan yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda RIA Novosti xabariga tayanib sputniknews.uz yozmoqda.
Xabarda yozilishiga ko‘ra, Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashish prokuraturasi Poroshenkoga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma’lum qilgan.
Sobiq prezidentning “Sentrenergo” OAJda lavozimlarni taqsimlashdagi harakatlarining qonuniyligi tekshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina davlat tergov byurosi Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgani xabar qilingan edi.
Teglar:
Ukraina
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- 38 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat