Bulung‘ur tumani Navbahor mahallasi 2028 yilni kutmasa ham bo‘ladi

Joriy yilning 12 avgust kuni Zarnews.uz saytida “Bulung‘ur tumani Navbahor mahallasiga 2028 yil qachon keladi?” degan maqola chop etilgan edi. Ushbu maqola yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori M.Pardayev quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Samarqand HETK” AJning qurilish bo‘yicha direktori S.Shomurodov Bulung‘ur tumani Navbahor MFYga borib, fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Unda sektor rahbarlari, mahalla faollari va oqsoqollari, shuningdek, tuman elektr rahbarlari qatnashdi. Joylarda elektr energiyasi tomonidan kelib chiqqan kamchiliklar o‘rganib chiqilib, tez fursatda bartaraf etilishi ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash Dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 2018 yil modernizatsiya dasturiga kiritilgan, qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Bulung‘ur tumanidagi ayrim QFY va MFYlarida yangi oporalar o‘rnatilib, yangi simlar tortilmoqda.