Bulung‘ur va Payariq tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.M.” xususiy korxonasi rahbari Z.A. va boshqalar tijorat banki filialidan un va qurilish mahsulotlari sotib olish uchun ajratilgan 1,5 mlrd. so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.F.” MChJ rahbari G‘.M. tijorat banki filialidan ajratilgan 1,1 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini maqsadsiz ishlatib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.