Bulung‘urlik ota farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment pulini to‘lab berdi

Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor T.S.dan undiruvchi F.N. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.

Bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor T.S. bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirish berildi.

Shundan so‘ng qarzdor T.S. alimentdan bo‘lgan barcha qarzini to‘lash bilan birga farzandlari voyaga yetguniga qadar hisoblangan aliment pullarini to‘lash istagini bildiradi.

Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tumani bo‘limining xabar berishicha, qarzdor T.S. tomonidan to‘langan jami 136 million 584 ming so‘m aliment pullari undiruvchi F.N.ga topshirilishi ta’minlandi.