Butun O‘rta yer dengizi – "yong‘in" xavfi zonasida

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida 19 kishi jabrlandi

Deyarli butun Janubiy Yevropa - keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari ichida. Ayniqsa Portugaliyada vaziyat juda og‘ir.

Chorshanba holatiga ko‘ra, mamlakatda yigirmadan ortiq o‘choqlar saqlanib qolgan. Markaziy hududlarda juma kunidan beri davom etayotgan yong‘in bir necha qishloq aholisini to‘liq evakuatsiya qilishga majbur qildi.

Portugaliya qirg‘oq hududining 80 foizi yonib bitishi mumkin. Butun Janubiy Yevropa g‘ayritabiiy issiqlik to‘lqinini boshdan kechirmoqda. Sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari ham shuni ko‘rsatadiki, deyarli butun O‘rta yer dengizi qirg‘oqlari xavf ostida.

Ispaniyada yong‘in bir necha kundan beri Salamanka provinsiyasida 4000 gektarga yaqin o‘rmonni kul qilgan. Bir qator hududlarda havo harorati 40 ° C dan oshadi.

Fransiyada yigirma departamentda xavfning “sariq” darajasi. Anomal issiq hukm surmoqda.

Shuningdek, Turkiyadagi Datcha kurort hududida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida 19 kishi jarohatlangan.

Chorshanba kuni boshlangan o‘rmon yong‘ini hamon davom etmoqda, kuchli shamol yong‘inni o‘chirishga to‘sqinlik qilmoqda. 20 ga yaqin tez yordam mashinalari navbatchilik qilmoqda.