Buxorolik ayol chaqalog‘ini Kattaqo‘rg‘on shahrida sotayotganida qo‘lga olingan
- 03.03.2020 16:47
- 254
- Jamiyat
Buxoro viloyati, Buxoro tumanida 1991 yilda tug‘ilgan Jasmina Olimova (ism, familiyalar shartli) 2019 yil 8 sentyabrda farzandli bo‘lgan.
Taassufki, u dilbandini oq yuvib, oq tarashni emas, uni pullashni reja qildi. Bu ishda unga onasi Saltanat Olimova ham sheriklik qilgan.
Ular chaqaloq olti kunlik bo‘lgach, Kattaqo‘rg‘on shahrida tibbiyot birlashmasida Lola Nodirovaga sotishga kelishib oldi. Birlashma hovlisida 400 AQSh dollari olgan shovvozlar, chaqaloqni yangi “onasi”ga topshirgach, noma’lum tomonga ketib yashirinishga urinayotganda huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Oqibat nima bo‘ldi?
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattqo‘rg‘on shahar sudi tomonidan aylanuvchilar - Jasmina Olimova, Saltanat Olimovalarga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Meli JUMAYEV,
iste’fodagi mayor.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa