Buyuk Britaniya: Liz Trass moliya vazirini ishdan bo‘shatdi
- 15.10.2022 16:23
- 71
- Xorij
Bosh vazir Liz Trassning yaqin do‘sti va hamkori Kvazi Kvarteng moliya vazirlari portfelidan mahrum qilinganidan keyin Britaniya konservativ hukumati parokandalikka uchragan ko‘rinadi.
Kvartengning iste’foga chiqishi vazirlar mahkamasining iqtisodiy siyosati tanqidlari fonida yuz berdi. Sentyabr oyining oxirida hukumat soliqlarni sezilarli darajada kamaytirishni nazarda tutuvchi dasturni taqdim etdi. Bu moliyaviy bozorlarda notinchlik va funt-sterling kursining tushishiga olib keldi. Kvazi Kvarteng bir oydan ko‘proq vaqtni moliya vazirligi rahbari sifatida o‘tkazdi.
"Men sobiq g‘aznachilik kotibi bilan uchrashdim. Uni yo‘qotganimdan juda afsusdaman. Jeremi Xantni yangi moliya vaziri bo‘lishga taklif qildim. U eng tajribali va odobli hukumat vazirlari va parlament a’zolaridan biri bo‘lib, mening mamlakatimizga bo‘lgan ishonchim va ambitsiyalarim bilan o‘rtoqlashadi", dedi Trass.