Davlati ham, poytaxti ham bir xil nomga ega davlatlar

Meksika/Mexiko

Meksika va Ciudad de Mexico (Meksika shahri) ispan tilidan deyarli bir xil tarjima qilinadi. Bir farazga ko‘ra, Meksika so‘zi astyek tilidan olingan bo‘lib, oyning markazi ostidagi joy, (aniqrog‘i, bu ikki so‘z oy” va “markaz”) degan ma’noni anglatadi.

Gvatemala/Gvatemala

Markaziy Amerikaning Gvatemalasi nomi ham astyek tilidan tarjima qilingan bo‘lib, u ko‘p daraxtlar degan ma’noni anglatadi. U yerda haqiqatan ham yaguarlar, pumalar, tapirlar (cho‘chqa, chumolixo‘r va otga o‘xshash hayvonlar) va ikki metrli iguanalar to‘dasi yashaydigan juda ko‘p o‘rmonlar bor.

Salvador/San-Salvador

Markaziy Amerikadagi Karib dengiziga chiqish imkoni bo‘lmagan yagona davlat. Salvador ispan tilida najotkor”, poytaxt esa “muqaddas qutqaruvchi” degan ma’noni anglatadi.

Panama/Panama

Mamlakat nomi mahalliy qabila tilidaBaliq ko‘p bo‘lgan joy ekanligini bildiradi...  Endi bu nom quyosh nuriga bog‘liq emasligi, u yerda har doim quyosh porlab turishi va boshingizga Panama kiyib olish shart emasligini bilib oldingiz.

Braziliya/Brazilia

Bu nomlar bir xil yoki yo‘qligini tushunish uchun braziliyaliklar gaplashadigan portugal tiliga murojaat qilishgina kifoya. Shunday qilib, portugal tilida ular Brasil i Brasília deb ataladi, ya’ni talaffuzda bu nomlar juda o‘xshash. Ushbu so‘zning kelib chiqishi haqida ko‘plab farazlar mavjud, biroq ular orasida eng to‘g‘risini aniqlashning iloji yo‘q.

Lyuksemburg/Lyuksemburg

Yevropa tomon o‘tamiz. Bu nom qadimgi nemis tilidan “kichik shahar” degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bu davlatda nechta shahar borligini tasavvur qila olasizmi? Nolta! Bu yerda faqat shahar maqomiga ega 12 ta kommuna mavjud. Aytgancha, kommunalar jamoa yoki munisipalitetga o‘xshaydi. Umuman olganda, bu kabi jamoalar nafaqat Lyuksemburgda, balki Fransiyada (36 658 ta!) ham bor.

 

Andorra/Andorra-la-Velya

Tarjimada bu nom «serdaraxt joy» degan ma’noni anglatadi, Chunki ilgarilari Pireney tog‘larida juda ko‘p o‘rmonlar gullab yashnagan. La-Velya” qo‘shimchasi esa “eski shahar – eski Andorra” deb tarjima qilinadi.

Quvayt/Al-Quvayt

Davlat arabcha «qal’a shahar» deb tarjima qilinadigan Quvayt poytaxti sharafiga nomlangan.

Singapur/Singapur

Arslonlar shahri Singapur so‘zi malay tilidan shunday tarjima qilinadi. Bu juda sezilarli, chunki shaharning ko‘p joyida sherlar haykallari bor. Aytgancha, nafaqat sherlar, balki dyengiz sherlari-Merlayonlar deb ataladiganlari ham bor. Mamlakat ramzi xuddi o‘sha merlayon - baliq tanali sher bo‘lib, u Singapurning dengiz bilan bog‘liqligini anglatadi.

Tunis/Tunis

Uzoq vaqtdan beri qadimgi Karfagenning chekkasi bo‘lgan Tunis shahri tufayli mamlakat o‘zining zamonaviy nomini olgan. Taxminlarga ko‘ra, shahar Finikiya oy ma’budasi - Tanit sharafiga nomlangan.

Ko‘rib turganimizdek, dunyoda davlat va poytaxti nomi bir xil bo‘lgan bunday joylar juda ko‘p va ularning nomlanish sabablari ham o‘zgacha. Aytgancha, ro‘yxatda Gvineya-Bisau davlati ham bor. U o‘zining qo‘shnisi oddiy Gvineyadan biroz kechroq mustaqil bo‘lgan. Gvineyabu davlatlar joylashgan mintaqa nomi, shuning uchun bu nomga Bisau nomini qo‘shib qo‘yishga qaror qilingan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.