“Diplomat university”ga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan tovlamachilar faoliyatiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan 15 mart kuni Toshkent shaxridagi “Diplomat university” MChJ shaklidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan tovlamachilar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Ukraina xalqaro Yevropa universiteti Toshkent shahar filialining 2-bosqich talabasi, “Z.Sh.” hamda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiyalari universitetining 2-bosqich talabasi, “I.S.”lar ikki nafar fuqaroni 1500 AQSh dollari evaziga “Diplomat university” MChJ shaklidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritishga va’da berib, tovlamachilik yo‘li bilan ushbu pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.