DTM: “El-yurt umidi” jamg‘armasiga nomzodlar test sinovlari orqali tanlanadi
- 11.03.2021 10:32
- 228
- Ta’lim
Samarqand shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida “El-yurt umidi” jamg‘armasiga nomzodlarni tanlab olish, xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlariga 27 nafar talabgordan 22 nafari qatnashdi. Imtihon uch qismdan iborat bo‘lib, unda talabgorlar tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalardan sinovdan o‘tdi.
Talabgorlarga test savollarini yechish uchun 2 soat 20 daqiqa vaqt berildi. Tinglab tushunishga esa 30-35 daqiqa vaqt ajratildi.
Talabgorlar tanloviga ko‘ra, savollar rus, ingliz, turk, nemis tillarida tuzildi.
Shunisi ahamiyatliki, “El-yurt umidi” jamg‘armasiga nomzodlarni tanlash Samarqandda ilk bor o‘tkazildi.
Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi axborot xizmati.