Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Baydenni “falastinliklar genotsidi”da ishtiroki uchun sudga berishdi
🔻 Isroil mudofaa kuchlari qolgan aholi shaharni tark etishi uchun G‘azo janubidagi janglarni to‘rt soatga to‘xtatganini e’lon qildi. HAMAS G‘azo ustidan nazoratni yo‘qotdi. Isroil harbiylari parlamentni egallashdi.
🔻 AQShdan bir guruh inson huquqlari faollari Konstitutsiyaviy huquqlar markazi Kaliforniya federal sudiga AQSh prezidenti Jo Baydenga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Ular Baydenni Isroilning G‘azo sektoridagi "genotsidi"ning oldini olish bo‘yicha xalqaro huquq burchini bajarmaganlikda va jinoyatga sheriklikda ayblamoqda.
🔻 Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti sammitiga bormaydi.
🔻 Jo Bayden Oq uyda xokkeychilar bilan uchrashuvda vitse-prezident Kamala Xarrisni prezident deb atadi. "Prezident Xarris biz hamma narsani to‘g‘ri qilishimizga ishonch hosil qilish uchun keldi", degan Amerika rahbari. Sentyabrda Xarris agar kerak bo‘lsa, AQSh prezidenti lavozimini egallashi mumkinligini aytgan edi.
🔻 Muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli Yevropa fuqarolar urushiga duch kelishi mumkin, deya bashorat qildi Ilon Mask. Londondagi muhojirlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar aks etgan videoga izoh sifatida u X ijtimoiy tarmog‘ida “Yevropa fuqarolar urushi tomon ketayotganga o‘xshaydi”, deb yozgan va bu uning birinchi bunday bashorati emas.
🔻 Dog‘istonda Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida kurort shahar qurila boshlandi. Ushbu hududda to‘rt turdagi shifobaxsh suv va loy manbalari mavjud.
🔻 Dubay havo ko‘rgazmasining birinchi kunida Isroil stendlari ochilmadi.
🔻 Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski parlament saylovlaridan so‘ng hukumat tarkibi bilan iste’foga chiqdi. Polsha prezidenti Anjey Duda bugunoq Moravetskiga yangi hukumatni shakllantirish vakolatini beradi.
🔻 Nepal hukumati “ijtimoiy totuvlikka” salbiy ta’siri munosabati bilan navbatdagi yig‘ilishda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini taqiqlamoqchi.
🔻 Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Axmat Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🔻 Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak ichki ishlar vaziri Suyella Bravermanni Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar chog‘ida politsiya harakatlarini tanqid qilgan maqola e’lon qilgani uchun ishdan bo‘shatdi.