Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Isroil quruqlikdagi operatsiya kechikishi sababini aytdi. Pokiston sobiq bosh vaziri garov evaziga ozod qilindi.
🔻 G‘azoga raketa hujumlari davom etmoqda. Hududning bir kunlik o‘qqa tutilishida 60 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohat olgan.
🔻 Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvdan bosh tortdi. Avvalroq Guterrish BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida XAMASning Isroilga hujumi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmagani, Falastin xalqi 56 yildan beri ishg‘ol ostida ekanini aytgan. Guterrishning bu bayonotidan keyin Isroil BMT bilan munosabatlarini baholamoqchi. Ular BMT Bosh kotibini terrorizmni oqlashda ayblab, so‘zlari uchun kechirim so‘rashga yoki iste’foga chiqishga chaqirmoqda.
🔻OAV Ukraina qurolli kuchlari Rossiya chegarasiga yaqinlashgani haqda xabar bermoqda.
🔻O‘tgan yetti kun davomida AQSh va koalitsiya kuchlari Iroqda 10 marta, Suriyada esa uch marta hujumga uchragan. Avvalroq shia guruhlari AQShdan o‘z qo‘shinlarini Iroq va Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlardan olib chiqib ketishni talab qilgandi.
🔻Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning sobiq maslahatchisi Benni Briskin mamlakat G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlanishini nima uchun kechiktirayotganini tushuntirdi. "Biz amerikaliklar bilan doimiy ravishda juda yaqin aloqadamiz. Menimcha, yerdagi operatsiya kechikish sabablaridan biri aynan shu aloqalardir", dedi u. Avvalroq AQSh Isroildan quruqlikdagi operatsiyani boshlamay turishni so‘ragan edi.
🔻Chernobil AESdagi avariya guvohlaridan biri bo‘lgan 75 yoshli Viktor Smagin o‘z joniga qasd qildi. Chernobil halokati oqibatlarini bartaraf etuvchisi stolida uning so‘nggi boshidan kechirganlari va kechirim so‘ragan xati qolgan. Nurlanish bilan kasallangan Smagin yettita operatsiyani boshidan kechirgan.
🔻 Pokistonning sobiq bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif garov evaziga ozod qilindi. 2013-2017 yillarda Pokiston hukumatini boshqargan Sharif korrupsiyada ayblanib, sudlangan edi.
🔻JSST G‘azodagi og‘ir sog‘liq vaziyatidan xavotir bildirmoqda. Tashkilot tibbiyot muassasalariga zarur vositalarni xavfsiz yetkazib berishga chaqirmoqda. Xavfsizlik kafolatlari yo‘qligi sababli, yoqilg‘i va hayotiy zarur tibbiy vositalar G‘azo shimolidagi yirik shifoxonalarga yetkazilmayapti.
🔻 Tatariston rahbari Qur’onni yoqib yuborgan mahbusni qanday kaltaklaganini aytib bergan Ramzan Qodirovning o‘g‘liga orden topshirdi. 15 yoshli Adam Qodirov “millatlararo hamda konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun” taqdirlangan.