Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Isroil va HAMAS garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy harakatlarni to‘xtatishga yaqin turibdi. Yuan tarixda birinchi marta yevrodan o‘zib ketdi
🔻 Isroil va HAMAS AQSh vositachiligida G‘azo sektorida sulh bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Kelishuv shartlariga ko‘ra, harbiy harakatlardagi pauza besh kun davom etadi va Falastin guruhi o‘nlab garovga olinganlarni ozod qiladi. Ya’ni, "ellik va undan ortiq" garovga olinganlar har 24 soatda alohida kichik guruhlarda ozod qilinadi. Sulhga rioya qilish “havodan boshqariladi”. Pauza G‘azo sektoriga Misrdan yetkazilayotgan insonparvarlik yordami, jumladan, yoqilg‘i miqdorini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Netanyaxu urush tugagandan so‘ng G‘azoda qo‘shinlarini qoldirish rejasi yo‘qligini aytgan.
🔻 Isroil armiyasi evakuatsiya qilish uchun bir soat vaqt berganidan so‘ng, G‘azo sektoridagi Al-Shifo kasalxonasidan yuzlab odamlar chiqib ketgan.
Binoda kamida 450 nafar bemor qolmoqda. G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlar natijasida 198 nafar tibbiyot xodimi: shifokorlar, feldsherlar va tez yordam xodimlari halok bo‘lgan.
🔻 Havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskvaning Bogorod shahri osmonida Ukraina uchuvchisiz samolyotini yo‘q qildi.
🔻 AQShning Suriyadagi harbiy bazasi yana dron hujumiga uchradi. Hujumni “Iroq islomiy qarshilik” harakati o‘z zimmasiga olgan.
🔻 Qozog‘iston Rossiyaning «Sputnik 24» portalini uzib qo‘ydi. Bunday qaror qabul qilinishiga mamlakatda litsenziyaga ega bo‘lmagan teleradioeshittirish operatorlari va uskunalari xizmatlariga shartli kirish kartalari haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishi sabab bo‘lgan.
🔻 Tarixda birinchi marta Xitoy yuan qiymati bo‘yicha yevroni ortda qoldirib, dunyodagi ikkinchi yirik valyutaga aylandi. Yevro hozirda xalqaro to‘lovlarda uchinchi eng mashhur valyuta hisoblanadi.
🔻 Tramp Kapitoliyga bostirib kirishda ishtirok etganligi aniqlansa-da, ammo ovoz berishga ruxsat berilgan. Sud qaroriga ko‘ra, Trampning “qo‘zg‘olon”ga aloqadorligi uning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi.
🔻 Turkiya qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli mamlakat fuqarolaridan qurg‘oqchilik tufayli suvni tejashni so‘radi va "Agar biz buni vaqinchalik deb hisoblasak, xato qilamiz. Bu bizning hayotimizning bir qismidir”, dedi u.
🔻 Yakshanba kuni Argentinada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
🔻 Qora dengizda Odessadan Liberiya bayrog‘i ostida don olib ketayotgan yuk kemasi minada portlab ketgan.