Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Turkiya Isroil bilan energiya loyihalarini amalga oshirishni to‘xtatdi
Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Turkiya Isroil bilan energiya loyihalarini amalga oshirishni to‘xtatdi. Britaniya qiroli 70 yil ichida birinchi marta parlament oldida nutq so‘zladi. Kolumbiya prezidenti 20 milliardlik kemani dengiz tubidan chiqarishni buyurdi.
🔻 NATOga a’zo davlatlar Rossiyaning Yevropadagi oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish qarorini qoraladi. Bunga javoban ular Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatib qo‘yish niyatida. Rossiyaning shartnomadan chiqishi "Yevro-Atlantika xavfsizligini muntazam ravishda buzadigan bir qator harakatlarning oxirgisi, deyiladi NATO bayonotida.
🔻 Turkiya Isroil bilan energiya loyihalarini amalga oshirishni to‘xtatdi. Bundan oldin Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni endi “suhbatdoshi” deb hisoblamasligini ma’lum qilgandi. Uning qayd etishicha, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin hamon Isroil rasmiylari bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Shuningdek, u HAMAS harakati va Falastin vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazgan.
🔻 AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil yetakchisi Benyamin Netanyaxuni G‘azo sektorida HAMAS qo‘lidagi mahbuslarni ozod qilish masalasini hal qilish uchun janglarda uch kunlik tanaffusga rozi bo‘lishga chaqirdi.
🔻 AQSh Rossiya aktivlarini Ukrainaga o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
🔻 Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasi imzolandi. Ta’kidlanishicha, ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy fan, ta’lim, jangovar tayyorgarlik, harbiy-texnika yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
🔻 Britaniya qiroli Charlz III 70 yil ichida birinchi marta parlament oldida nutq so‘zladi. Parlamentga ilk murojaat 1950 yilda qilingan edi. Nutqida Charlz III parlamentning yangi sessiyasi uchun bosh vazir Rishi Sunak tomonidan tayyorlangan qonunchilik dasturini bayon qildi. Gap kelgusi parlament yilida qabul qilinishi rejalashtirilgan jiddiy qotilliklar uchun umrbod qamoq jazosi, mahkumlarga turmush qurishni taqiqlash, shuningdek, politsiya vakolatlarini kengaytirish kabi 21 ta qonun haqida ketmoqda.
🔻 AQSh noyabr oyida San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan sammitga Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining barcha a’zolariga, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasiga taklifnoma yubordi.
🔻 AQShda yoshlarning urushga qarshi harakati faollari G‘azodagi vaziyat tufayli Boeing zavodini bloklashdi.
🔻 Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro qiymati 20 milliard dollarga baholangan xazina bo‘lgan kemani “imkon qadar tezroq” chiqarishni buyurdi. Kecha 1708 yil iyun oyida San-Xose ispan galeoni ingliz kemasi bilan jangda cho‘kib ketgan. Afsonaga ko‘ra, bortda oltin bilan to‘ldirilgan sandiqlar bo‘lgan. Petro xazinani 2026 yilgi vakolat muddati tugagunga qadar chiqarishni istaydi. Ammo u ancha yillardan beri xazinani olishni istagan yagona odam emas.