Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Xitoy Yaqin Sharqqa harbiy kemalar jo‘natdi. G‘azodagi Rafah nazorat punkti ochildi. Moskvadagi turar-joy binosi hovlisida avtomobillar portladi. Rossiya Xarkov terminalini o‘qqa tutdi
🔻 Misr poytaxti Qohirada Falastin-Isroil mojarosiga bag‘ishlangan “tinchlik sammiti” o‘tdi. Unda Yevropa, Arab va Afrikaning o‘nlab davlatlaridan rahbarlar, tashqi ishlar vazirlari va diplomatlar ishtirok etdi. Ular qo‘shma yakuniy bayonotni qabul qila olmagan.
🔻 Rafah nazorat punkti ochildi. Endi G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordami yetkaziladi. Dastlabki 20 ta yuk mashinasi G‘azo sektoriga yo‘l oldi. Isroil yuklarni tekshirishni talab qilmoqda.
🔻 Moskvadagi ko‘p qavatli uy hovlisida portlash sodir bo‘ldi. Turar-joy binosi kiraverishida avtomobil portlab ketgan, natijada alanga qo‘shni mashinaga o‘tgan.
🔻 Xitoy Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi xavfi tufayli Yaqin Sharqqa oltita harbiy kema jo‘natdi.
🔻 Ukrainaning Xarkov viloyatidagi “Nova Poshta” terminaliga Rossiya havo hujumi uyushtirgan vaqtda binoda o‘nlab odamlar bo‘lgan. Qurbonlar aniqlanmoqda.
🔻 Kanada hukumati ukrainaliklarga mamlakatda doimiy yashash huquqini beruvchi yangi vaqtinchalik migratsiya dasturini joriy qildi.
🔻 Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida 7 oktyabrdan beri 4385 kishi halok bo‘ldi.
🔻 Isroil G‘azo sektoriga zarbalarni kuchaytirishini aytmoqda. Ular G‘azo sektoriga hujumlar intensivligini oshirishni rejalashtirmoqda va mahalliy aholini anklavning janubiy qismiga imkon qadar tezroq evakuatsiya qilishga chaqirmoqda.
🔻 Isroil Damashq va Halabga zarbalar berdi.
🔻 Nepalda 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Qurbonlar va talafotlar yo‘q.
🔻 Nyu-Yorkda minglab odamlar Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi.