Ekologlar qariyb 500 ta huquqbuzarlikni aniqladi

Noyabr oyining o‘tgan davrida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va uning tuman (shahar) inspeksiyalari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 488 ta huquqbuzarlik aniqlandi va qonunbuzar fuqarolarga jami 191798,589 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

Qonunbuzilish holatlarini tahlil qilganimizda, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlik uchun 285 ta huquqbuzarlik bo‘yicha 45157,5 ming so‘m, atmosferaga yetkazilgan zarar uchun 119 ta huquqbuzarlik bo‘yicha 25496,339 ming so‘m, suv ob’yektlari bilan bog‘liq 10 ta huquqbuzarlik bo‘yicha 7136 ming so‘m, yer va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha 16 ta qoidabuzarlik holatida 51956 ming so‘m, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha 36 ta holat kuzatilib, 34408,25 ming so‘m, hayvonot dunyosini muhofaza qilish yuzasidan 22 ta huquqbuzarga 25645 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.