Emmanuel Makron Turkiya siyosatini tanqid qildi
Turkiya Sharqiy O‘rtayer dengizida bundan keyin Fransiyaning hamkori emas, Rajab Toyyib Erdo‘g‘annning xatti-harakatlari nomunosib. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Turkiya ushbu hududda ortiq hamkorimiz emasligi aniq”, qo‘shimcha qildi u.
Fransiya yetakchisi Turkiya Liviya bilan Gretsiyaning qonuniy huquqlarini rad etuvchi bitim imzolaganini ta’kidladi. Makronning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning maxsus Kipr erkin iqtisodiy zonasida olib borayotgan burg‘ulash ishlari nomunosib harakat bo‘lib, u (Turkiya) katta davlatga yarashmaydigan harakatlarni amalga oshirmoqda.
“Biz yevropaliklar, turk xalqiga nisbatan emas, nomunosib xatti-harakatlar amalga oshirayotgan Erdo‘g‘an hukumatiga nisbatan o‘zimizni aniq va qat’iy tutishimiz kerak”, deb ta’kidladi Makron.
Turkiyaning “Oruch Reis” kemasi Gretsiya o‘zining maxsus erkin iqtisodiy zonasi, deb hisoblagan Sharqiy O‘rtayer dengizida seysmik tadqiqotlar boshlagani sababli so‘nggi haftalarda Afina va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar ziddiyatli tus oldi. Gretsiya Qurolli kuchlari jangovar shay holatga keltirildi.
Turkiya va Gretsiya bir-birini dengiz hududlari delimitatsiyasi bo‘yicha boshqa tomon manfaatlari hisobga olinmagan noqonuniy bitimlar imzolashda ayblamoqda.