Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan 10 ta oliygohni bilasizmi?
- 02.07.2019 10:16
- 544
- Ta’lim

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qizg‘in davom etmoqda. Bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tayotgan yoshlar soni kun sayin oshib boryapti. Jumladan 1 iyul holatiga ko‘ra, quyidagi 10 ta oliygohga abituriyentlarni qamrab olish bo‘yicha yuqori o‘rinlarga chiqdi.
Samarqand davlat universitetiga 4513 nafar, Urganch davlat universitetiga 4326 nafar, Andijon davlat universitetiga 4238 nafar, Guliston davlat universitetiga 4061 nafar, Jizzax davlat pedagogika institutiga 3286 nafar, Toshkent davlat pedagogika universitetiga 3235 nafar, Farg‘ona davlat universitetiga 3030 nafar, Qarshi davlat universitetiga 3007 nafar hamda Qoraqalpoq davlat universitetiga 2841 nafar va Termiz davlat universitetiga 2746 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyulga qadar davom etadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa