Eron yadrochi olimning o‘ldirilishi tashkilotchisini aniqlaganini ma’lum qildi

Eron Milliy xavfsizligi Oliy kengashi kotibi Ali Shamxani Isroil razvedka xizmati “Mossad”ni nazarda tutib, yadrochi olim Mohsen Faxrizadening o‘ldirilishini kim tashkillashtirganini Tehron aniqlay olganini ma’lum qildi.  Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

“Bu elektron uskunalardan foydalanilgan murakkab operatsiya bo‘lgan. Voqea (suiqasd)ni joyida hech kim bo‘lmagan, biroq aniqlashning imkoni bor. Shu bilan birga buni kim rejalashtirgani, uning o‘tmishi ham bizga ma’lum”, dedi Shamxani Tasnim agentligi tomonidan efirga uzatilgan videolavhada.

Uning so‘zlariga qaraganda, suiqasdda Isroil va “Mossad”ning, shuningdek, mamlakatda taqiqlangan “Eron halqi mujohidlari” tashkilotining qo‘li bor.

Yadrochi olim Moxsen Faxrizade 27 noyabr kuni Tehronda uyushtirilgan suiqasdda o‘ldirildi, u olingan og‘ir jarohatlar oqibatida halok bo‘ldi. Eron mudofaa vazirligi o‘ldirilgan olim vazirlikning tadqiqot va innovatsiyalar tashkiloti rahbari bo‘lganini tasdiqladi.