Faollar ishtirokida jamoat transporti o‘rganildi: «Xishrav»dan «Bionur»gacha
- 10.01.2025 10:30
- 43
- Samarqand
Samarqand shahrida yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lgan hududlarga elektrobuslarni joylashtirish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida yangi yo‘nalish o‘rganildi.
Rejalashtirilgan yangi yo‘nalish Xishrav qo‘rg‘onidan boshlanib, Samarqand, “Tong (Abdi bobo)”, “Ali Qushchi”, Buyuk ipak yo‘li, “Amir Temur”, “Mahmud Qoshg‘ariy”, «Kurchatov», Rudakiy, Shohi Zinda, M 37 avtomobil yo‘lida («Bionur» klinikasi) yo‘nalish yakunlanishi kuzdan kechirildi.
O‘rganish davomida avtomobil yo‘lining holati, avtobuslarning erkin harakatlanishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tartibda bekatlarni joylashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Jamoatchilik o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muhokamadan so‘ng yo‘nalishga 17-son berilib, sinov tariqasida 10 yanvardan aholi xizmatiga elektrobuslarni chiqarish bo‘yicha kelishib olindi.