FIFA prezidenti: "Irqchilik sodir bo‘lganda o‘yinlarni to‘xtating"

Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino stadionlarda muxlislar tomonidan irqchilik xatti-harakatlari bo‘lganda o‘yinni to‘xtatish kerakligi haqida gapirdi. Bu haqda FIFA saytiga asoslanib mk.ru xabar tarqatayapti.

"Futbolda irqchilik umuman bo‘lmasligi kerak, na futbolchilarning o‘zaro munosabatida va muxlislarning xatti-harakatida. FIFA irqchilikka duchor bo‘lgan har qanday shaxsni, u hakam bo‘ladimi, futbolchimi yoki murabbiymi farqi yo‘q himoya qiladi", deyiladi Infantinoning bayonotida.

FIFA prezidenti bejizga bunday bayonot bermayapti. Dunyo futbolida, ayniqsa, Yevropa milliy birinchiliklarida muxlislar tomonidan irqchilik qilish illati hanuzgacha saqlanib qolayapti. Ayniqsa, muxlislarning qora tanli futbolchilarga munosabati uncha yaxshi emas.

Taxminlarga ko‘ra, FIFAda agar irqchilik barham topmasa, kelajakda jazolar yana qat’iylashtiriladi.