Fransuz sementi Paxtachida ishlab chiqariladi
- 06.02.2019 14:41
- 125
- Iqtisodiyot
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Fransiyaning “Freyssine” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Freyssine” kompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida ehtiyojlar uchun Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yangi sement zavodini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda mazkur inshoot qurilishi belgilangan hududning geologik holati bo‘yicha tekshiruvlarni o‘tkazish, zavodga xorijdan yangi texnika va texnologiyalarni olib kelish, korxonaning kelajakdagi salohiyati haqida fikr yuritilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi tashkil etilayotgan zavod yiliga 1 mln. tonna yuqori sifatli sement mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.