G‘aroyib davlat chegaralari

Mamlakatlar o‘rtasidagi davlat chegarasi karavotning o‘rtasidan o‘tishi mumkinligini eshitganmidingiz? Ha, shunday! Bugungi maqolamizda davlatlar chegarasining hayratlanarli misollarini to‘pladik.

Baarle shahridagi Belgiya va Gollandiya o‘rtasidagi chegara

Aftidan, bu yerda, fuqarolik eshik qaysi tomongaochilishiga bog‘liq...

Ikki davlat o‘rtasidagi chegara shaharcha hududidan o‘tib, uni ikkita teng bo‘lmagan qismlarga ajratadi. Agar chegara nuqtasi uyda to‘qnashgan bo‘lsa, u holda uning kimga tegishliligi uyning old eshigi bilan belgilanadi. Shunday qilib, agar old eshik Belgiya hududida bo‘lsa, unda belgiyaliklar yashayotgan bo‘ladi. Agar aksincha bo‘lsa, unda Gollandiya fuqarolari yashaydi.

Lya-Kru qishlog‘idagi Fransiya va Shveysariya o‘rtasidagi chegara

Bu yerda ham ikki davlat o‘rtasidagi chegara uylar orasidan” o‘tadi. Bu masalada ko‘proq “Arbezmehmonxonasi omadli bo‘lib chiqdi. Chegara xonalardan birining qoq o‘rtasidan o‘tadi. Shunday qilib, siz Fransiyada uyquga ketgan paytingiz, turmush o‘rtog‘ingiz Shveysariyadauxlaydi. Yoki aksincha.

Tixuandagi AQSh va Meksika chegarasi

Noqonuniy muhojirlarni tutib olish oson bo‘lishi uchun amerikaliklar chegarani bo‘sh tutadi.

Misr va Isroil o‘rtasidagi chegara

Sun’iy yo‘ldosh tasvirida chegara qayerdan o‘tishi aniq ko‘rsatilgan. Isroil tomonda uylar, yo‘llar qurilgan, bog‘lar va maysazorlar bor, Misrda esa faqat qum ko‘rinadi.

Xitoy va Nepal o‘rtasidagi chegara

Xitoy va Nepal o‘rtasidagi chegara Everest tog‘i orqali o‘tadi. Aniq hisob-kitoblar tog‘ning 70foizi Tibetda, qolgan qismi Nepalda turishini ko‘rsatgan.

Braziliya, Paragvay va Argentina o‘rtasidagi chegara

Mamlakatlarni Iguazu va Parana daryolari ajratib turadi. Qizig‘i shundaki, Argentina va Paragvay o‘rtasida chegara orqali o‘tish punkti yo‘q. Dastlab siz Braziliyaga suzishingiz kerak, u yerda pasportingizga belgi qo‘yiladi, shundan keyingina Paragvay tomon yo‘l olasiz. Shunday qilib, bir soat ichida uchta mamlakatga tashrif buyurishingiz mumkin.

Gaiti va Dominikan respublikasi o‘rtasidagi chegara

Bu sun’iy yo‘ldosh tasvirida ham ikki davlat o‘rtasidagi chegara aniq ko‘rinadi. Chapdagi bo‘shliq quyidagicha izohlanadi - Gaitida yog‘och kesish mumkin, Dominikan Respublikasida esa ta’qiqlangan.

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi chegara

Chap tomonda xalq demokratik, o‘ng tomonda kapitalistik respublika bo‘lsa-da, “Xalq demokratiyasi” qorong‘uligi bilan ajralib turipti.

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi chegara

Rossiyaning Ratmanov, Amerikaning Kruzenshternorollari orasidagi masofa bor-yo‘g‘i to‘rtkilometrni tashkil etadi. Qizig‘i, Ratmanovda soat 9:00 bo‘lganda, AQShdagilar hali oldingi kungi 13:00 da “yashayotgan” bo‘ladi. Shu sababli buorollar “Erta” va “Kechadeb ham ataladi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.