Gaz chaqnashi va is gazi xavfining qanday oldini olish mumkin?

Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi fuqarolarga yong‘in, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida qator maslahatlarni taqdim etdi. Ular quyidagicha:

- Tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmaslik;

- Elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalanish;

- Isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishish;

-  Isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormaslik;

- Gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmaslik;

- Gaz ta’minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda, gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazib, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish;

- Gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qilish;

- Yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmaslik;

- Gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalanish va ularning doimiy sozligiga e’tibor berish.