Google Ukraina prezidentligiga nomzod Zelenskiyning akkauntini blokladi

Ukraina prezidentligi uchun ikkita asosiy nomzoddan biri bo‘lib turgan Vladimir Zelenskiy jamoasi o‘zining feysbukdagi sahifasida Google Zelenskiyning reklama va targ‘ibot akkauntini bloklab qo‘yganini ma’lum qildi, deb yozadi gazeta.ru.

"Juda zo‘r, Google, toza aloqalar va halol ish yuritish haqida endi nima deysizlar?

Bizning reklama va targ‘ibot akkauntimizni Google da hech bir sababsiz va tushuntirishlarsiz bloklab qo‘yishdi" deyiladi xabarda.

Shuningdek, nomzod Zelenskiyning jamoasi Google ni videolarni tomosha qilganlar haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishda ham aybladi. Zelenskiy shtabidagilarning ma’lum qilishlaricha, uning videomurojaati 15 soatda 800 ming marta tomosha qilingan. Ammo, Google o‘sha videomurojaatni "ko‘p tomosha qilingan videolar" trenddiga qo‘ymagan.

Oldinroq yana bir nomzod Petr Poroshenko jamoasidagilardan bir nechtasi ijtimoiy tarmoqlarda prezidentlik saylovining 1-turida g‘olib bo‘lgan Zelenskiy haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatishga uringan edi.