Hali internet kirib bormagan dunyo burchaklari

Ha, balki ishonmassiz, ammo yer yuzida shunday joylar bor. Bugun Daily Telegraph tomonidan tanlangan bir nechta internet aloqasi bo‘lmagan joylarni ko‘rsatamiz, u yerda siz oflayn rejimda qolish hashamatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

Grenlandiya

Mazkur ulkan muzli yer sayohat reklamalarida aytilishicha, bu yerda sizga butunjahon o‘rgimchak to‘ri”dan uzoqroq bo‘lishingiz, o‘zingiz uchun atrofingizdagi go‘zallikni kashf etishingiz, yangi do‘stlar orttirish imkoniyati taqdim etiladi. Ko‘pgina mehmonxonalarda Wi-Fi pullik va narxlar odatdagidan ancha yuqori bo‘ladi.

Kuba

Internet Kubaga 1990 yillarning oxirida kirib kelgan bo‘lsa-da, uning rivojlanishi juda sekin kechdi. Mehmonxonalarda sayyohlarning internetga ulanishi maxsus skretch-kartalar orqali amalga oshiriladi, ular ishlayotganga o‘xshaydi lekin uzundan-uzun parollar osongina o‘chib qoladi.

Sotib olingan daqiqalar hech qachon sizga va’da qilinganidek bo‘lmaydi. Mobil telefonlar ishlaydi, lekin uyga qo‘ng‘iroq qilish juda qimmatga tushadi.

 

Shimoliy Koreya

Shimoliy Koreyada internet qattiq nazorat ostida. Ruxsat jamoat maqsadlarda maxsus rozilik bilan beriladi. Butunjahon internet tarmog‘iga kirish mamlakat elitasining kichik bir guruhi tomonidan cheklab qo‘yilgan. Shunga qaramasdan, smartfon bozori tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda va mahalliy aholi g‘arbiy qurilmalarni zo‘r muvaffaqiyatklonlashtirib” kelmoqda. Xorijiy sayyohlar aeroport va boshqa joylarda bahosi 200-250 yevro turadigan xalqaro USIM-kartani xarid qilib, xalqaro qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi va internetdan foydalanishi mumkin.

Vetnam

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Vyetnamdagi o‘rtacha keng polosali ulanish tezligi Singapurga qaraganda 10 barobar sekinroq. Tarmoqqa kirish hukumat tomonidan bloklangan, ayniqsa, uni tanqid qiluvchi saytlar uchun.

Siyosiy muxolifat, diniy masalalar yoki inson huquqlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘pincha bloklanadi.

Butan, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Lesoto, Malavi, Solomon orollari, Somali va Janubiy Sudan ham cheklangan, ba’zilar sekin va nofaol simsiz ulanishlarga ega. Qishloq joylarda mobil telefonlar qamrovi juda cheklangan.


Mehmonxona egalari orasida yangi tendensiya paydo bo‘lmoqda: hatto eng qimmat xizmat haqi to‘lov qilgan mehmonlarning ba’zilari telefonlar va internetdan dam olmoqchi. Albatta, eski uslubdagi oilaviy mehmonxonalar bu borada har doim ancha oldinda.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.