Hatto “Zakovat” o‘yini ishtirokchilarini ham hayratda qoldiradigan siyqasi chiqmagan faktlar

Hamma narsani bilishning iloji yo‘q, lekin... Shunday bo‘lib qolsa-yu, kunlarning birida sizni intellektual teleko‘rsatuvga taklif qilishsa va katta mablag‘ evaziga qiyin savollar berishsa-chi. O‘shanda siz ikkilanmasdan “akadva shaadi” nima ekanligiga javob bera olasiz va qo‘lingizda faqat choynak va muzlatgich byerib, undan nima qilish mumkinligi so‘ralsa, darhol suvni muzga aylantirishning eng tezkor usulini aytasiz.

ADME har doim yangi bilimlarga intiladi va haddan tashqari ko‘p eruditsiya zarar qilmaydi, deb hisoblaydi.

Ichimlik suvi idishidagi yaroqlilik muddati suvga emas, shishaning o‘ziga tegishli

Saqlanadigan idishdan farqli o‘laroq, ichimlik suvining yaroqlilik muddati bo‘lmaydi. Plastik idishlar esa mahsulotning ta’mi va xavfsizligiga ta’sir qiluvchi kimyoviy moddalarni chiqaradi. Bu suvning darhol zaharlanishini anglatmaydi, lekin u asta-sekin sifatini yo‘qotib, ko‘karib ketishi mumkin.

Muz sovuq suvga qaraganda issiq suvdan tezroq tayyorlanadi

Bu har qanday mantiqqa zid keladi, chunki issiq suv avval sovib, keyin qattiq holatga aylanishi kerak. Biroq, Mpemba effekti deb ataladigan ilmiy paradoks issiq suv muzlash jarayonida o‘z haroratini o‘zgartirishi va sovuq suvga qaraganda tezroq muzga aylanishi mumkinligi haqida gapiradi.

Kim yirtqich-u, kim o‘txo‘r?

Yirtqich hayvonlarning ko‘zlari tumshug‘ining old qismida,o‘txo‘rlarda - boshning ikki tomonida joylashgan.

Yerdagi eng uzun hayvon

Juda haybatli dengiz sut emizuvchisi - kitning uzunligi 33 metrga yetishi mumkin, ammo yirtqich va zaharli Cyanea capillata meduza (“sher yoli” deb ham aytiladi)si uni ortda qoldirdi. Jahon okeani suvlarida topilgan eng katta bunday meduzaning 37 metrli qisqich-qo‘llari bor.

Hindistonda uchinchi nikoh taqiqlangan

2 marta turmush qurish mumkin, 4 martami... bemalol, lekin  3 marta hech ham! Taqiq hamma joyda emas, faqat ba’zi hududlarda, xususan, Panjob shtatida qo‘llaniladi. Shuning uchun, ikkinchi nikoh bilan kifoyalanmagan erkaklar daraxtga uylanishadi. To‘y marosimi tugagach, mehmonlar bu daraxtni kesib tashlab, baxtli kuyovga beva bo‘lishga yordam beradi.

Aytgancha, Hindistonda kuyov o‘g‘irlash marosimi ham bor. “Akadva shaadi” deb nomlanadigan amaliyot Hindistonning qashshoq hududlarida tarqalgan. Aslida butun Hindiston bo‘ylab kelinga sovchi jo‘natish, unga sep berib nikoh marosimiga kiyintirish kabi an’anaviy nikohlar qabul qilingan. Aynan an’analar qizi bor kambag‘al oilalarga bunday choralarni ko‘rishga undadi! Ba’zida sep miqdori shunchalik kattaki, to‘yga pul sarflashdan ko‘ra kuyovni o‘g‘irlash osonroq!

Quyosh va Oyning o‘lchami bir xilmi?

Oy Quyoshdan taxminan 400 marta kichik, lekin Quyoshga qaraganda Yerga taxminan 400 marta yaqinroq. Shu sababli, quyosh tutilishi paytida biz quyosh nurlari Oy diskining chekkalari bo‘ylab harakatlanib, uzukka ko‘z qo‘ygan olmos kabi hayratlanarli effekt yaratishini kuzatamiz.

Bu vaqtinchalik tasodif. Oyning Yerdan yiliga taxminan 3,8 santimetr tezlikda asta-sekin uzoqlashib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, vaqt o‘tishi bilan bu “uzuk” kattalashib boraveradi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.