Hindistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bir milliondan oshdi
- 17.07.2020 22:20
- 68
- COVID-19
17 iyul holatiga Hindistonda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar soni bir milliondan oshdi va bugungi kunga kelib kasallanganlarning umumiy soni 1 005 637 nafarga yetdi. Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi kecha-kunduzda 35 468 nafar kasallanish holati qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatkich mamlakat uchun rekord natija hisoblanadi.
Mamlakatda so‘nggi 9 kundan beri 8 marta bir kecha-kunduzlik kasallik qayd etilishi rekordi yangilandi.
Hindistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 500 ming nafardan oshishiga to‘rt oy vaqt ketdi. Biroq ushbu ko‘rsatgich bir millionga yetishi uchun atigi uch hafta kifoya qildi.
Koronavirus infeksiyasi oqibatida jami 25 602 kishi halok bo‘lgan, 635 757 nafar bemor sog‘aygan. Ayni vaqtda 342 473 bemor kasalxonalarda davolanmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa