Ijarada turgan talabalar qayerda, qanday sharoit va shartlarda yashayapti?

N.Ahmedov (urgutlik talaba):
- Shaharda “kvartira” topish qiyinligi va qimmatligi sababli Urgut tumanining Jartepa mahallasidan qatnayman. Ba’zida kech qolaman, lekin boshqa ilojim yo‘q.

O.Abdullayev (kattaqo‘rg‘onlik talaba):
- Besh nafar do‘stlarim bilan har birimiz 200 ming so‘mdan pul berib hovlida ijarada turibmiz. Puliga yarasha sharoit bo‘lsa qaniydi, afsuski, hammomi yo‘q. Talabalar turar joyi o‘qish boshlanmasdan to‘ladi, sababini hech kim tushuntirmaydi.

O.Eshmurodov (qashqadaryolik talaba):

– Hamma qatori 200 ming so‘mdan ijara puli to‘lab, 6 nafar talaba turibmiz. SamDAQIda ikkinchi bosqichda o‘qiyman. Yotoqxona masalasida murojaat qilganimda talabalar turar joylariga faqat birinchi kurslar joylashtiriladi, deyishdi.

***

Ota-onalar farzandi qayerda ijarada turgani bilan qiziqadimi yoki faqat pulini to‘laydimi?

Oliy o‘quv yurtlari rahbarlari talabalar turar joylari qurish haqida o‘ylarmikan? Bu haqda shahar, viloyat hokimligiga murojaat qildimikan?

Hokimliklar talabalar turar joyi uchun yer ajratadimi?

Guruh rahbarlari talabaning qayerda, qanday sharoitda yashayotgani bilan qiziqadimi?

Uyini ijaraga berganlar, hech bo‘lmasa, talabaga sharoit yaratib berishga burchli ekanligini biladimi?

Agar shu kabi savollarga javobimiz bo‘lmasa, Toshkentda ijarada turgan talabalar bilan ro‘y bergan fojia boshqa joylarda ham yuzaga kelishi mumkin.