Ikki davlat chegarasi bo‘yicha bo‘lingan shaharlar

Chegaralar mamlakatlar orasidagi dalalar va o‘rmonlar, cho‘llar va tog‘lar, dengizlar va daryolarni bo‘ladi. Chegara biror-bir shahar ichidan o‘tib, uni ikki davlatga bo‘lishi haqida eshitganmisiz?

Bugun ana shunday shaharlar bilan tanishamiz.

Nikosiya va Lefkosa (Yunoniston va Turkiya)

За этим КПП буферная зона, а дальше Лефкоша – турецкая часть Никосии/ © voria.gr

Nikosiya shahri dunyodagi ikki davlat o‘rtasida bo‘lingan yagona davlat poytaxtidir. Kiprning bo‘linishi 1974 yilda turk qo‘shinlari orolga bostirib kirgandan keyin sodir bo‘lgan. O‘shanda bosqin natijasida butun Kipr va uning poytaxti ikki qismga bo‘lingan. Endi esa shaharning greklarga tegishli bo‘lgan qismi Nikosiya, turklar ta’siri ostida qolgan ikkinchi qismi esa Lefkosa nomlanadi.

Gyorlits va Zgojelets (Germaniya va Polsha)

Слева Германия, справа Польша/ © vokrugsveta.ru

Bir vaqtlar u bitta Gyorlits nomli shahar bo‘lgan va Germaniyaga tegishli edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya bo‘lindi, bosib olingan yerlarning bir qismi Polshaga o‘tdi. Bo‘linish Neys daryosi bo‘ylab sodir bo‘ldi va ko‘p yillar davomida chap, ya’ni shaharning asosiy qismi Germaniyaga, o‘ng tomoni esa Zgojelets nomi bilan Polshaga qarardi. Ilgari shaharning bir qismidan boshqasiga borish uchun maxsus yo‘llanmalar talab qilinardi. Polsha Yevropa Ittifoqiga qo‘shilganidan so‘ng, ma’muriy jihatdan turli mamlakatlarga tegishli bo‘lsa-da, shahar yagona "organizm"ga aylandi.

Astara (Eron va Ozarbayjon)

Иранская Астара/ © rus.azattyq.org

XIX asr boshlarida u oddiy fors shahri edi. 1828 yilda bo‘lib o‘tgan rus-fors urushi Turkmansoy tinchlik shartnomasi imzolanishi bilan yakunlanib, Astara shahrini ajratib qo‘ydi.

Shaharning o‘ng qismi Fors (hozirgi Eron)ga, chap qismi esa chor Rossiyasiga o‘tgan. Bo‘linish xuddi shu nomdagi daryo bo‘yida bo‘lib o‘tdi va uzoq vaqt davomida qachonlardir bitta shahar aholisi bo‘lgan kishilar bir-birlarinikiga tashrif buyura olmagan. Hozir esa bunday muammolar yo‘q. Chap qismi endi Rossiyaga emas, Ozarbayjonga tegishli bo‘lib, bir xil nomdagi ikki shahar aholisi mutlaqo to‘sqinliksiz harakatlanishi mumkin. Eron Ozarbayjon aholisiga o‘z hududiga 15 kun davomida vizasiz kirishga ruxsat berdi.

Goritsiya va Nova-Goritsa (Italiya va Sloveniya)

В этом городе можно встретить такие места, в которых один шаг отделяет тебя от другой страны/ ©  iStock, lbrix

Bu shahar uzoq vaqt davomida Italiya va Yugoslaviya o‘rtasida bo‘linib kelgan. 1945 yilda fashistlar Germaniyasi mag‘lubiyatga uchragach, Yugoslaviya partizanlari Italiyaning Goritsiyasiga kirib, shaharni Mussolini tuzumidan ozod qildi va bu yerdagi etnik italyanlar va slovenlar manfaatini hisobga olgan holda shahar ikki qismga bo‘lindi.

Yugoslaviyaga shaharning sharqiy qismi o‘tdi va Nova Goritsa nomini oldi. Italiyaga esa barcha go‘zal saroylar va soborlar bilan birga g‘arbiy qismi tegdi. Yugoslaviyaning parchalanishi natijasida tashkil etilgan Sloveniya Shengenga kirganidan so‘ng 2004 yilda ma’muriy jihatdan ikki mamlakat o‘rtasida bo‘lingan Goritsiya yana deyarli yagona shaharga aylandi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.