Ishtixondagi “Mo‘’jizali olam”da 100 nafar bola tarbiyalanadi
- 29.03.2019 18:00
- 130
- Samarqand
Ishtixon tumanidagi To‘por mahallasida “Mo‘’jizali olam” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi.
- Muassasamiz 100 o‘rinli bo‘lib, bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan, - deydi tadbirkor Sherali Yuldashev. – Bog‘chani bunyod etishda 900 million so‘mlik bank krediti hisobidan qurilish ishlarini olib bordik. Bolalarning qiziqishlariga qarab, to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Asosiysi, mo‘’jizali olamda har bir bola mo‘’jiza topishiga harakat qildik.
Shuningdek, ushbu tadbirda 18 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlarga tuman hokimligining ruxsatnomalari tantanali ravishda topshirildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa