Ishtixondagi yo‘l 25 noyabrgacha ta’mirlanishi aytildi

Ishtixon tumani hokimligi hamda viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Ishtixon tumani “Yo‘g‘ontepa” mahallasidagi ta’miri chala qolgan yo‘l bo‘yicha xabarga izoh berdi.

"Ishtixon tumani “Yo‘g‘ontepa” mahallasi Minglar va Dusat qishlog‘ini bog‘lovchi ichki yo‘lning 1,2 kilometr qismi 2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5048-sonli qaroriga asosan Davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, 486 million 760 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bugungi kunda 4 ming metr qismiga asfaltobeton qoplamasi yotqizildi, qolgan 800 metr qismi yog‘ingarchilik bo‘lganligi sababli qurilish ishlari to‘xtab qoldi.

2021 yilning 25 noyabr kuniga qadar ishlar to‘liq bajarilishini ma’lum qilamiz", deyiladi yuqoridagi tashkilotlar munosabatida.