Ispaniya hukumati koronavirus qurbonlari xotirasiga o‘n kunlik motam e’lon qildi
- 27.05.2020 12:20
- 41
- COVID-19
Ispaniya hukumati 27 may sanasidan e’tiboran koronavirus qurbonlari xotirasiga mamlakat bo‘ylab o‘n kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda 26 may kuni Ispaniya Hukumatining rasmiy vakili Mariya Xesus Montero xabar berdi.
“Vazirlar kengashi bugun ertalab koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasiga mamlakat bo‘ylab o‘n kunlik motam e’lon qilish haqida deklaratsiya qabul qildi. Motam ertadan boshlab o‘n kun davom etadi. Barcha davlat tashkilotlari binolarida va dengiz harbiy kuchlari kemalarida bayroqlar tushiriladi”, dedi Montero.