Itlar, sigirlar va basseyn borligi uchun to‘lov: Dunyodagi g‘alati soliqlar
Ba’zida davlatlar byudjetni to‘ldirish uchun soliqlarning “o‘zgacha” yo‘llarni o‘ylab topishadi. Quyida ayrim davlatlarda qo‘llaniladigan g‘alati soliqlar keltirib o‘tilgan.
Bloger bo‘lish oson, deb kim aytdi? – Tanzaniya
Tanzaniyaning mashhur bloglari borligi haqida eshitmaganmiz, lekin ular bor ekan. Shu sababli, 2018 yilda mamlakatda ariza uchun 44 dollar, litsenziya uchun 400 dollar va kontent muallifidan yana shuncha yillik to‘lovdan iborat blog solig‘i paydo bo‘ldi.
Kinoni uyda tomosha qilsa ham bo‘ladi – Hindiston
Bu yerda barcha kino namoyishlari, tomoshalar, ko‘rgazmalar, sport tadbirlari soliqqa tortiladi. Soliq hajmi chipta narxining 5 foizidan 30 foizgacha. Agar buni teatr chiptalari narxiga qo‘shsangiz, birinchi qatorga umid qilmasangiz ham bo‘ladi.
Yashirilgan basseynlar – Gretsiya
Agar siz Gretsiyaga ko‘chib o‘tishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, basseynsiz uyni tanlang. Aks holda, yiliga taxminan 800 yevro soliq to‘lash kerak bo‘ladi, chunki suzish havzasi hashamat hisoblanadi va soliqqa tortiladi. Grek hovlilari bo‘ylab ehtiyot bo‘lib yurish kerak, yo‘qsa, yashiringan maysa rangli brezent bilan qoplangan hovuzga tushib ketish ehtimoli katta.
Atrof-muhitga qarshi cigirlar - Estoniya
Fermer xo‘jaliklari miqyosi zamonaviy ekologik vaziyatni buzmoqda. 2008 yildan beri estoniyaliklar sigirlari ishlab chiqaradigan metan uchun soliq to‘lashadi. Aytgancha, byudjet yaxshi to‘ldirilmoqda, chunki mamlakatda juda ko‘p fermer xo‘jaliklari bor.
Restorandagi kabob arzonroq - Belgiya
Mamlakatning bir mintaqasida barbekyu soliqqa tortiladi. “Shashlik” pishirib dala sayli o‘tkazishga qaror qilganlar taxminan 20 yevro to‘lashlari kerak. Hatto yopiq maydonning mavjudligi yordam bermaydi: tartib ekologiya buzilishi oldini olib uchib yuradigan vertolyotlar yordamida nazorat qilinadi.
Itlar solig‘i – Germaniya
Yo‘q, bu mamlakatdagi soliqlarning majoziy tavsifi emas: uy hayvonlari bor nemislar soliq to‘lashadi. Zotga qarab, tukli do‘stingiz uchun yiliga 30 dan 700 yevrogacha to‘lashingiz kerak. Demak, hammaning ham cho‘ntagi “kichik do‘stlar”ni ko‘tara olmas ekanda.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.