Janubiy koreyalik diyetologlar Samarqandda tibbiy ko‘rik o‘tkazadi
Joriy yilning 19 - 29 yanvar kunlari Janubiy Koreyaning “YOUNGONE CORPORATION” kompaniyasi, viloyat endokrinologiya dispanseri va shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari hamkorligida ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish, ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini tadbiq etuvchi mashg‘ulotlar hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasida mahorat-darslari tashkil etiladi.
Samarqand shahridagi 99– maktabgacha ta’lim muassasasida yurtimiz va Janubiy Koreya davlati mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rik davomida 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar o‘rtasida ularni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Barcha mashqlar mahalliy tarbiyalovchi pedagoglar ishtirokida mahorat-darslari shaklida tashkil etildi.
Shuningdek, 25 - 27 yanvar kunlari viloyat endokrinologiya dispanserida Seul Milliy Universitetining yetakchi diyetologlari professorlar Jihyun Li va Belong Cho tomonidan qandli diabet kasalligi bo‘lgan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.