Jizzaxlik 40 yoshli fuqaro ov qurolidan 6 marotaba o‘q uzib, suiqasd sodir etdi
- 22.10.2019 10:44
- 247
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura ov quroli qo‘llagan holda odam hayotiga suiqasd qilish jinoyati yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yil 20 oktyabr kuni soat 00.00 larda Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida fuqaro Zafar I. (1979 yilda tug‘ilgan) fuqaro Yorqin B. (1999 yilda tug‘ilgan) hamda uning qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib, MS-2112 rusumli ov quroli bilan ularga qarata 6 marotaba o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 21 oktyabr kuni Sh.Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Zafar I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.