Jomboy temiryo‘l kesishmasidagi asabbekatdan reportaj (video)
- 29.04.2019 15:27
- 311
- Jamiyat
Jomboy shahar temiryo‘l kesishmasidan bir kunda kamida 20 marta poyezd o‘tadi. O‘rtacha 15-20 daqiqa davomida 50-100, ba’zan 200-300 avtomobil tirbandlikda qoladi. Ichidagi odamlari bilan vaqt yo‘qotiladi, asablar buziladi. Mashinalar bir-birini "turtib" olishiga tez-tez guvoh bo‘lasiz, deb yozmoqda “Jomboy tongi”.
Tez yordam mashinalari tumanning bu hududiga o‘tolmay qoladi, o‘tsa qaytolmaydi.
Xo‘sh, nima qilmoq kerak?
Bu joyda osma ko‘prik yoki yerosti yo‘li bo‘lishi lozim.
Bunday kesishmalar, asabbekatlar viloyatda, respublikada qancha! Demak, bu birgina Jomboygagina oid muammo emas. Yerosti yoki yerusti yo‘llarini qurish, aholiga qulaylik yaratish mamlakat miqyosidagi loyiha bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Atigi, shu...
Teglar:
Jomboy